Futbol bo‘yicha Turkiya milliy terma jamoasi UEFA Millatlar ligasi A ligasi 1-guruhidagi ilk o‘yinida ertaga Ko’jaelida Fransiyaga qarshi maydonga tushadi.
Ko’jaeli stadionidagi uchrashuv Turkiya vaqti bilan soat 21:45 da boshlanadi. O‘yinni Germaniya futbol federatsiyasi hakami Feliks Tsvayer boshqaradi.
Guruhning boshqa uchrashuvida Italiya va Belgiya Rimda o‘zaro bahslashadi. Har ikki o‘yin bir vaqtda boshlanadi.
Turkiya guruhdagi ikkinchi o‘yinini 28-sentabr kuni Bursada Italiyaga qarshi o‘tkazadi.























