TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Prezident Erdo‘g‘an Denis Bechirovichni rasmiy marosim bilan kutib oldi
Bosniya va Gertsegovina Prezidentligi kengashi raisi Denis Bechirovich rasmiy tashrif bilan kecha Istanbulga keldi.
Prezident Erdo‘g‘an Denis Bechirovichni rasmiy marosim bilan kutib oldi
_
2 соат олдин

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an rasmiy tashrif bilan Istanbulga kelgan Bosniya va Gertsegovina Prezidentligi kengashi raisi Denis Bechirovichni rasmiy marosim bilan kutib oldi.

Kutib olish marosimi prezidentning Istanbuldagi Dolmabaxcha saroyida bo‘lib o‘tdi. Marosim ortidan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazildi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan mavzu haqida NSosyal ijtimoiy tarmoq orqali berilgan bayonotda, tomonlar mintaqaviy masalalar hamda Turkiya bilan Bosniya va Gertsegovina o‘rtasidagi aloqalarni muhokama qilgan.

Erdo‘g‘an uchrashuvda Turkiya Bosniya va Gertsegovinaning mustaqilligi, hududiy yaxlitligi va konstitutsiyaviy tartibini hech qanday shartsiz qo‘llab - quvvatlashda davom etishini bildirdi.

Mintaqa bundan buyon turli sarguzashtlarga toqat qilmasligini ta’kidlagan Erdo‘g‘an, Bosniya va Gertsegovina birligini nishonga olgan provokatsion munosabatlar hech kimga foyda keltirmasligini ifoda etdi.

Bosniya va Gertsegovinaning yaxlitligini qo‘llab - quvvatlaganlarning birlik va birdamlik ichida harakat qilishi, har qachongidan ham muhimroq ekanini ta’kidlagan Erdo‘g‘an; Turkiya, bosniyaliklarning hayotiy manfaatlariga zid bo‘lgan har qanday holatni qabul qilmasligini o‘z so‘ziga ilova etdi.

Bosniya va Gertsegovinaning Prezidentlik kengashi bir nafar bosniyak, bir nafar xorvat va bir nafar serb jami uch a’zodan iboratdir.

Bosniyak a’zo Bechirovich bu oy prezidentlik raisligi lavozimini o‘z zimmasiga oldi.