DUNYO
1 daqiqa o'qish
Yunon oroli yaqinida qutqarilgan muhojirlar qayig‘ida 22 kishi halok bo‘ldi
Liviyadan yo‘lga chiqishi ortidan 6 kun oqim bilan ketgan qayiqda 22 kishi halok bo‘lar ekan, undan 26 kishi qutqarildi.
Yunon oroli yaqinida qutqarilgan muhojirlar qayig‘ida 22 kishi halok bo‘ldi
_
3 соат олдин

Gretsiyaning ERT kanali xabariga ko‘ra Krit oroli yaqinida qutqarilgan muhojirlar qayig‘ida 22 kishi halok bo‘ldi.

Qayd etilishicha, qayiq juma kuni ertalab Yevropa ittifoqi chegaralar agentligi Frontex tomonidan aniqlangan va palubadagi 26 kishi Kaloi Limenes portiga olib kelingan.

Qutqarilganlarning aytishicha, qayiq olti kun oldin Liviya portidan yo‘lga chiqqanida uning ichida 48 kishi bor edi.

Qayiq noqulay ob - havo sharoitlari sabab bir necha kun oqim bilan ketar ekan, ana shu paytda 22 kishi halok bo‘lgan, ularning jasadlari esa dengizga uloqtirilgan.

Dastlabki tergovda, qayiqni boshqarganlikda gumon qilingan ikkita shaxs — ikkalasi ham janubiy sudanlik va yoshlari 19 dan 21 gacha — aniqlanib, inson savdosi gumoni bilan hibsga olingan.