Isroil Mudofaa vaziri Yisrael Kats: «Xorijdagi Xamas yetakchilari ham nishonda» - degan so‘zlari orqali boshqa mamlakatlarda joylashgan Xamas vakillariga suiqasd bilan tahdid qildi.
Kats Qassam brigadalari qo‘mondonlaridan Izziddin al - Baykning halok bo‘lishiga yo‘l ochgan va kecha uyushtirilgan hujumdan so‘ng e’lon qilgan video murojaatida, bu hujum G‘azoda davom etayotgan Isroil hujumlarining bir qismi sifatida amalga oshirilganini ifoda etdi.
«Xorijdagi Xamas yetakchilari ham nishonda» - degan Kats Xamas vakillarini tahdid qilar ekan, 2025 - yilning 9 - sentabri kuni Qatar poytaxti Dohada Xamas muzokara delegatsiyasiga qarshi amalga oshirilgan muvaffaqiyatsiz hujumni yodga soldi.
Kats Xamas yetakchilari ushbu hujumdan omon qolgani ammo «fursati kelganda keyingi hujumdan qutula olmasligini» iddao etdi.




















