TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Erdo‘g‘an hamkasblari bilan Eron va Yaqin Sharq masalasini gaplashdi
Prezident Erdo‘g‘an ayrim hamkasblari bilan Eron va Yaqin Sharqdagi oxirgi vaziyatlarni muhokama qildi.
Erdo‘g‘an hamkasblari bilan Eron va Yaqin Sharq masalasini gaplashdi
_

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an ayrim hamkasblari bilan telekonferensiya orqali muloqot qilib, unda Eron va Yaqin Sharqdagi oxirgi vaziyatlarni muhokama qildi. Bu haqida Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomondan ma’lumot bo‘lishildi. Ushbu ma’lumotga ko‘ra uchrashuvda AQSh Prezidenti Donald Tramp, Bahrayn Qiroli Hamad bin Iso al - Xalifa, Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid al - Nahayon, Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad al - Soniy, Misr Prezidenti Abdulfattoh as - Sisiy, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon, Iordaniya Qiroli Abdulla II va Pokiston Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Asim Munir hamda AQSh prezidentlik kabineti a’zolari ham ishtirok etdi.

Prezident Erdogan Eron va Yaqin Sharqdagi vaziyat muhokama qilingan uchrashuvda Turkiya har doim muammolarni muloqot va diplomatiya yo‘li orqali hal qilish tarafdori ekanini ta’kidladi. U Eron bilan diplomatik jarayon AQSh Prezidenti Donald Tramp tilga olgan darajaga yetganidan mamnunligini bildirib, erishiladigan kelishuv Hormuz bogozidan erkin otishni ta’minlash orqali mintaqa barqarorligini qollab - quvvatlashini, bu esa jahon iqtisodiyotiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishini qayd etdi.

Muzokara jarayoniga hissa qoshgan davlatlarga chuqur minnatdorlik bildirgan Erdogan, Eron bilan erishilish mumkin bolgan kelishuvni amalga oshirish bosqichida Turkiya har qanday yordamni korsatishga tayyor ekanini ifoda etdi. Shuningdek, Turkiya butun mintaqada tinchlik hukm surishi uchun chora ko‘rayotgani va Eron masalasida, jumladan yadro muammosi kabi murakkab korinayotgan mavzularda ham vaqt otishi bilan maqul yechimlar topilishiga ishonchi komil ekanini bildirdi.

Prezident Erdogan, uchrashuvda, Turkiya mintaqa davlatlari bir - biriga tahdid solmaydigan yangi davrni istashini va adolatli tinchlikda yutqazuvchi tomon bolmasligini ta’kidladi.