AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Suriya Tashqi Ishlar vaziri Asad Hasan Shayboniy bilan mintaqaviy xavfsizlik va ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
AQSh Davlat departamenti Matbuot xizmati kotibi Tommi Pigottning bildirishicha, Rubio Suriyadagi ozchilik guruhlarini jamiyatga integratsiya qilish jarayonini davom ettirish muhimligini ta’kidladi.
Rubio, shuningdek, Suriyaning yadroviy faoliyatni nazorat qilish va atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanishni targ‘ib qilishdan mas’ul bo‘lgan BMT tashkiloti — Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) bilan hamkorlikda erishgan yutuqlarini olqishladi.
Suriya Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotda uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar, shuningdek, ularni yanada rivojlantirish va hamkorlikni mustahkamlash yo‘llari muhokama qilingani bildirildi.
Bayonotda Shayboniy mamlakatga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalar bekor qilingani munosabati bilan Suriya nomidan AQShga minnatdorlik bildirgani qayd etildi.
Bayonotda, shuningdek, «Uchrashuvda mintaqadagi vaziyat va undagi o‘zgarishlar, shuningdek, Suriyaning siyosiy va iqtisodiy sohalarda mintaqaviy barqarorlikni qo‘llab -quvvatlashdagi muhim roli muhokama qilindi», - deyiladi.





















