Italiyalik jurnalistlardan biri Yevropa komissiyasi vakiliga G‘azo/ Ukraina haqida savol berib, Yevropa ittifoqining mavzu haqidagi munosabatida kuzatgan ikki yuzlamachilikni ta’kidlashi ortidan anchadan beri ishlab yurgan Nova axborot agentligidagi ishidan chiqarildi. Gabriele Nunziati The Intercept nashriga bergan intervyusida, uning savoli oktabr oyi o‘rtalarida trendga aylanishidan taxminan ikki hafta o‘tib, ishdan bo‘shatilganini qayd etdi. Nova axborot agentligi Nunziatining savolini «uyatli» va «noto‘g‘ri» deb baholar ekan uning sababini «Rossiyaning mustaqil bir mamlakatni asossiz bosib olishi va Isroilning bir hujumga javob qaytarishi» bilan aloqali deb topdi.

00:27

00:27
Ko'proq videolar
Gabriele G‘azo haqidagi savoli yuzasidan ishdan bo‘shatildi
Jurnalist, Yevropa ittifoqining G‘azoga bo‘lgan munosabatini shubha ostiga qo‘ygani uchun ishdan bo‘shatildi.
Ko'proq videolar