Joriy yilning 2 - noyabri kuni erkaklar yerto‘lada noqonuniy ushlab turilgani, kaltaklangani va qiynoqqa solingani haqidagi xabarlar qayd etildi. Ortidan yuzlab kishi Kiyev yaqinidagi Milliy gvardiya binosi oldida to‘plandi.
Namoyishchilar ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llagan politsiya bilan to‘qnashdi.
Rasmiylar ushbu muassasa Azov tomonidan boshqarilishi, safarbar qilingan harbiy xizmatchilar hamda ruxsatsiz ravishda xizmat joyini tark etib, keyinchalik qaytganlar uchun vaqtinchalik boshpana vazifasini o‘tashini ma’lum qildi. Shu bilan birga, muassasada bo‘lgan to‘rt kishi kasalxonaga yotqizilganini tan oldi.
