“Ko‘pgina homiylar Falastinni qo‘llab-quvvatlayotgan ba’zi sportchilar bilan ishlashni xohlamaydi... Biroq pul, inson hayoti bilan qiyoslaganda hech narsa emas".
Xabib Nurmagomedov 8-avgust kuni Nyu-Jersida Miftaah instituti tomonidan tashkil etilgan tadbirdagi nutqida, o‘zi bilan birga Islom Maxachev va Usmon Nurmagomedov ham Falastinni qo‘llab-quvvatlagani sababli yuqori daromad keltiruvchi homiylik shartnomalaridan mahrum bo‘lganini aytdi.
Nurmagomedov, yo‘qotilgan hayotlar bilan solishtirilganda pul juda kam ahamiyatga ega ekanini ta’kidlab, homiylik shartnomalari faqat Falastin masalasida haqiqatni gapirganliklari sababli bekor qilinganini bildirdi.