14 соат олдин
Ashaddiy Isroillik ravvin Eyal Sinov 13-aprel kuni ishg‘ol ostidagi Sharqiy Quddusda joylashgan Masjidul-Aqso hovlisiga kirib, Qubbatut-Sahro yaqinida diniy marosimlar o‘tkazdi. Noqonuniy isroillik ko‘chmanchilar ham Isroil kuchlari himoyasi ostida hovliga kirib, rasm-rusumlar bajardilar. Ushbu harakat muqaddas dargoh daxlsizligini poymol qilish va butun dunyo musulmonlariga nisbatan ig‘vo sifatida keng ko‘lamda qoralandi.
