«Onam Xolokostdan omon qoldi. Bugun bu yerda ko‘rganlarim o‘tgan asrda sodir bo‘lgan voqealarni yodga soldi».
Isroilning sobiq Mossad direktori Tamir Pardo, ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohilda ko‘chmanchilar zo‘ravonligini kuzatish uchun qilgan tashrifi chog‘ida ko‘rgan manzaralarini Xolokostga qiyosladi.
Tamir Pardo 2011 - yildan 2016 - yilgacha Isroilning razvedka xizmati — Mossadga rahbarlik qilgan. Isroil armiyasidan iste’fodagi brigada generali bo‘lgan Pardo, ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohildagi ko‘chmanchilar zo‘ravonligi va Isroil siyosatini ochiq tanqid qilayotgan eng yuqori lavozimli sobiq isroillik xavfsizlik rasmiylaridan biridir.
