Fransiyalik dorboz Tatyana-Mosio Bongonga yakshanba kuni Fransiyaning shimolidagi Yevropaning eng baland shlak uyumlarini tutashtiruvchi dor ustida yurib, minglab tomoshabinlarni hayratda qoldirdi.
Bongonga 400 metr uzunlikdagi va yer sathidan taxminan 100 metr balandlikdagi arg‘onda Loos-en-Gohelle sanoat shaharchasidagi yurishini muvaffaqiyatli yakunladi.
Tomosha taxminan 37 daqiqa davom etdi. Rasmiylarning bildirishicha, ushbu shou bir vaqtlar mamlakatning ko‘mir qazib olish markazi bo‘lgan mintaqaga hurmat bajo keltirish maqsadida tashkil etilgan.