Dunyoning 90 dan ortiq mamlakati vakillari AQShning Nagasakiga atom bombasi tashlaganining 81 yilligi munosabati bilan shaharda o‘tkazilgan xotira marosimida ishtirok etdi.
Ishtirokchilar 1945 - yilning 9 - avgusti kuni plutoniy bombasi shahar ustida portlagan aniq vaqt — soat 11:02 da 1 daqiqalik sukut saqladi.
Atom bombasi hujumi oqibatida taxminan 70 ming kishi halok bo‘lgandi. Xuddi shu voqeadan uch kun avval AQSh tomonidan Xirosimaga tashlangan atom bombasi esa qariyb 140 ming kishining umriga zomin bo‘lgandi.