Guvohlar Qora dengiz sohilidagi Rossiyaning Gelenjik kurort shahrida gavjum plyajga dron urilgan lahzani videoga oldilar.
Rossiya voqeani Ukrainaning tinch aholiga qarshi ataylab uyushtirgan dron hujumi deb baholab, hujum oqibatida jami yetti kishi halok bo‘lgani va qariyb 40 kishi jarohatlanganini ma’lum qildi. Shuningdek, halok bo‘lganlarning uch nafari yosh bola ekani qayd etildi. Xabar tayyorlangan paytda Ukraina bu voqea yuzasidan hech qanday bayonot bermagan edi. Biroq Ukraina ham Rossiya kabi urushda tinch aholini ataylab nishonga olmayotganini ta’kidlab kelmoqda.