Tailandning Pxuket orolidagi Patong shahrida joylashgan do‘konda Isroillik sayyoh ishxona oldida osilgan Falastin bayrog‘iga e’tiroz bildirishi ortidan do‘kon egasi — tailandlik tur operatori bilan sayyoh o‘rtasida tortishuv yuzaga kelib, vaziyat keskinlashdi. Videolarda bahs avj olganida do‘kon egasi sayyohga qarab yurib, uni do‘konni tark etishga majburlagani ko‘rinadi. Voqea internetda keng tarqalib, do‘kon egasining sayyohga: “Bu Tailand, sening mamlakating emas”, degani eshitildi.
Ko'proq videolar
Tailandlik tur operatori isroillik sayyohni do‘kondan haydab chiqardi
Tailandlik tur operatori Falastin bayrog‘iga e’tiroz bildirgan isroillik sayyohni do‘kondan chiqarib yubordi.
Ko'proq videolar