Gʻarbiy Frakiyadagi turk etnik xalqi duch kelgan huquqbuzarliklarga qarshi kurashi bilan xalq xotirasida oʻchmas iz qoldirgan Dr. Sodiq Ahmad, eng avvalo, turk jamoasining etnik oʻzligini Gretsiya tomonidan tan olinishi hamda insonning asosiy fuqarolik huquqlari qaror topishi yoʻlida ulkan jasorat koʻrsatdi. U turli tahdid va tazyiqlarga uchradi, qamoqqa tashlandi, ammo o oʻz yoʻlidan va maqsadidan hech qachon ortga chekinmadi.
Gʻarbiy Frakiya turklarining huquqlarini kafolatlovchi Lozanna tinchlik shartnomasi imzolangan kun munosabati bilan, 1995-yil 24-iyul kuni shubhali yoʻl-transport hodisasi sababli bor-yugʻi 48 yoshida fojeali halok boʻldi. Dr. Sodiq Ahmad huquqiy maydonda boshlab bergan va bugungi kunda ham davom etayotgan kurash Gʻarbiy Frakiya turklari uchun eng munosib hamda boqiy demokratik meros boʻlib qolmoqda.