Guvohlar va mahalliy manbalarning ma'lum qilishicha, zarba tunda, odamlar uxlab yotgan vaqtda biron bir ogohlantirishsiz amalga oshirilgan. Kamida ikkita raketa ko‘p qavatli binoning birinchi qavatidagi xonadonni butkul vayron qilgan. Hujum oqibatida bino ichida kuchli yong‘in kelib chiqqan va u Falastin Fuqaro mudofaasi guruhlari tomonidan bir soat deganda nazoratga olingan.
Ko'proq videolar
Isroil G‘azo g‘arbidagi turar joy binosiga zarba berdi
Isroil harbiylarining G‘azo shahrining g‘arbiy qismidagi "Al-Asala" binosiga uyushtirgan havo hujumi oqibatida besh nafar falastinlik halok bo‘ldi, kamida olti kishi og‘ir jarohat oldi.
Ko'proq videolar