Yamanlik faol BMTda nutq so'zlashdan bosh tortdi
DUNYO
Yamanlik faol BMTda nutq so'zlashdan bosh tortdi
2011-yilgi Nobel tinchlik mukofoti sovrindori, yamanlik faol Tavakkul Karman Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashida nutq so‘zlashiga to‘sqinlik qilinganini ma’lum qildi.

“Ba’zi hukumatlar mustaqil va erkin ovozlarni eshitishni xohlamadi”,- degan Karman o‘zining asosiy murojaatini Kengash palatasi tashqarisida BMT matbuotiga yetkazdi. 

Yamandagi inqirozning tub sababi “davlatning qulashi” ekanini aytgan faol, bunda asosiy mas’uliyat xusiylar zimmasida ekanini ta’kidladi. 

Karman o‘z bayonotida shunday dedi: “Shu bilan birga, xalqaro miqyosda tan olingan hukumatning samarasiz faoliyati, boshqaruv inqirozi va ichki bo‘linishlar davlat institutlari hamda qonun ustuvorligini yanada zaiflashtirdi. Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya va BAAning aralashuvi ham rasmiy hukumat mavqeiga putur yetkazdi. 

Yaman xalqi xalqaro hamjamiyatdan o‘z kelajagini qurib berishni so‘ramayapti. Ular o‘z mamlakatlarini qaytarib olish va o‘z kelajagi uchun kurashda dunyo hamjamiyatini o‘z tomonida ko‘rishni istamoqda”.


Ko'proq videolar
Falastinlik keksa va nogiron bir kishiga hujum qilindi
Kriviy Rihdagi hujumda 15 kishi halok bo‘ldi
Jenin yaqinida falastinliklarga hujum qilindi
Ruminiya F-16 samolyotlari Qora dengizda uchuvchisiz dengiz apparatini yo‘q qildi
Kuchli bo‘rondan so‘ng Nyu-York ko‘chalarini suv bosdi
Noqonuniy isroillik ko‘chmanchilar bir falastinlikni otib o‘ldirib, uyini yoqib yubordi
Avstraliya hukumati Isroilga keskin e’tiroz bildirdi
G‘azolik ona og'li uchun tibbiy yordam kutmoqda
TEKNOFEST Turkiyaning dengizdagi qudratini namoyish etmoqda
AQShda 14 yoshli bola o‘g‘rilikda gumon qilinib kishanlandi