1-noyabr kuni Florida shtatining janubida xususiy samolyot turar joy daxasiga qulab tushishi oqibatida 9 kishi halok boʻldi.
Fojia oqibatida kuchli portlash sodir boʻlib, yirik yongʻin kelib chiqqan hamda gavjum yoʻl yoqasida yonayotgan chuqurlik hosil boʻlgan. Maʼlum qilinishicha, samolyot Texas shtatining Ostin shahridan uchib chiqib, Bagama orollariga yoʻl olgan edi. Avariya sabablari yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.