«29 – oktabr Respublika bayrami» munosabati bilan e’lon qilgan videomurojaatida Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, Turkiya Respublikasi tashkil topganining 103 - yilligi munosabati bilan mamlakat xalqini, Kipr turklarini hamda dunyoning turli burchaklarida yashayotgan yurtdoshlarini tabrikladi.
Erdo‘g‘an o‘z murojaatida Respublikani turk xalqining mustaqilligi, erkin yashash va o‘z taqdirini o‘zi belgilash irodasi ramzi sifatida ta’rifladi. Shuningdek, G‘oziy Mustafa Kemal Ataturk boshchiligidagi milliy kurashga to‘xtalib, eng og‘ir sharoitlarni yengib o‘tishda xalq birligi va hamjihatligining muhimligini ta’kidladi.