6-may kuni Isroilning G‘azo shahri janubidagi Zaytun mahallasiga uyushtirgan hujumida kamida uch nafar falastinlik halok bo‘ldi, ko‘plab odamlar esa yaralandi. 2025-yil oktabr oyida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi imzolanganidan buyon 800 nafardan ortiq falastinlik halok bo‘ldi, 2 ming 300 nafardan ziyodi esa yaralandi.
