Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Ed Miliband parlamentdagi chiqishida ishg’ol ostidagi G‘arbiy Sohildagi Isroil turar joylarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar savdosini taqiqlashini ma’lum qildi. Shuningdek, u ushbu turar joylarni moliyalashtirish, qurilish, infratuzilma, ko‘chmas mulk va reklama xizmatlarini ko‘rsatishni ham man etdi.
Miliband Britaniya G‘arbiy Sohildagi bosqinni noqonuniy deb hisoblashini va falastinliklar hududning ayrim qismlarida etnik tozalashga duch kelayotganiga ishonishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Birlashgan Qirollik noqonuniy turar joylar kengayishiga qarshi keskin chora ko‘rishi shart.