Eron Qizil Yarim Oy jamiyati seshanba kuni AQSh va Eron o‘rtasidagi eng shiddatli harbiy to‘qnashuv paytida Hormuz bo‘g‘ozi yaqinidagi Sirik hududida to‘y marosimi bombardimon qilinishi oqibatida kamida 4 kishi o‘lgani va 50 kishi yaralanganini bildirdi.
AQSh harbiylari hodisadan xabari borligini, ammo "tinch aholini hech qachon nishonga olmasliklari"ni aytdi. Eron tomoni Xalqaro jinoiy sudga murojaat qilib, AQSh zarbalarining "mutanosiblik" va "sivillar bilan harbiylarni ajratish" tamoyillariga qanchalik mos kelganini tekshirishni talab qildi.