Kecha, 6 - sentabr kuni Mayami xalqaro aeroportiga qo‘nish vaqtida Amazon Prime Air kompaniyasining yuk tashuvchi samolyoti uchish - qo‘nish yo‘lagining oxiridan chiqib ketib, aeroportning shimoli - g‘arbiy qismida halokatga uchradi. Hodisa sababli tegishli idoralar aeroportdagi barcha uchish - qo‘nish yo‘laklari va taksi yo‘llarini yopishga majbur bo‘ldi.
Xabarlarga ko‘ra hodisadan so‘ng tibbiy yordam ko‘rsatilishi uchun ko‘plab jabrlangan insonlar shifoxonaga olib ketildi. Mas’ullar aviahalokat sabablarini aniqlash uchun keng ko‘lamli tergov ishlarini boshlatdi. Aeroport ma’muriyati esa yo‘lovchilarni qatnovlarda sezilarli kechikishlar yuz berishi, ayrim qatnovlar esa bekor qilinishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.