Gretsiyaning Attika hududiga qarashli Psata mavzesi osmonida o‘rmon yong‘inini o‘chirish ishlari vaqtida ikkita o‘t o‘chiruvchi vertolyot havoda to‘qnashib ketdi. Oqibatda ikki nafar ekipaj a’zosi halok bo‘ldi. Televideniye lavhalarida vertolyotlar rotorlari yoki parraklari to‘qnashgani taxmin qilinayotgan hodisadan so‘ng ulardan biri portlab, alanga ichida yerga qulagani aks etgan. Mamlakat bo‘ylab o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurash davom etayotgan bir paytda, omon qolgan ikki nafar ekipaj a’zosi qutqarilib, shifoxonaga yotqizildi.
Ko'proq videolar
Gretsiyadagi aviahalokta qurbonlar borligi aniqlandi
Gretsiyada yuz bergan o‘rmon yong‘inini o‘chirish ishlari vaqtida ikkita o‘t o‘chiruvchi vertolyot havoda to‘qnashib ketdi.
Ko'proq videolar