Ostonada Turkiy davlatlar tashkiloti Ichki ishlar vazirlarining 3-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Taqdim etilgan takliflardan biri — Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) a’zo mamlakatlarning aeroportlarida, tashkilotga a’zo davlatlar fuqarolari uchun maxsus pasport nazorati yo‘laklarini tashkil etish bo‘ldi. Yana bir tashabbus esa qidiruvdagi shaxslarni aniqlash bo‘yicha qo‘shma mexanizmni yo‘lga qo‘yadigan Jinoyatchilikka qarshi kurashish kengashidir. Kelgusida ushbu mexanizm turkiy dunyo uchun Europolning muqobili bo‘lgan “Turkpol” tuzilmasiga aylanishi mumkin.
Vazirlar, shuningdek, terrorizm va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash, narkotrafik, noqonuniy migratsiya hamda kiberjinoyatchilikka qarshi kurash masalalarini ham muhokama qilmoqdalar.