Turkiy davlatlar o'rtasida “Turkpol” tuziladi
TURK DUNYOSI
Turkiy davlatlar o'rtasida “Turkpol” tuziladi
Turkiy davlatlar jinoyatchilikka qarshi kurashish uchun qo'shma mexanizm yaratmoqda.

Ostonada Turkiy davlatlar tashkiloti Ichki ishlar vazirlarining 3-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Taqdim etilgan takliflardan biri — Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) a’zo mamlakatlarning aeroportlarida, tashkilotga a’zo davlatlar fuqarolari uchun maxsus pasport nazorati yo‘laklarini tashkil etish bo‘ldi. Yana bir tashabbus esa qidiruvdagi shaxslarni aniqlash bo‘yicha qo‘shma mexanizmni yo‘lga qo‘yadigan Jinoyatchilikka qarshi kurashish kengashidir. Kelgusida ushbu mexanizm turkiy dunyo uchun Europolning muqobili bo‘lgan “Turkpol” tuzilmasiga aylanishi mumkin.

Vazirlar, shuningdek, terrorizm va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash, narkotrafik, noqonuniy migratsiya hamda kiberjinoyatchilikka qarshi kurash masalalarini ham muhokama qilmoqdalar.


Ko'proq videolar
Noqonuniy isroillik ko‘chmanchi ayolga tayoq bilan hujum qildi
Isroillik ko‘chmanchilar falastinlik dehqonlarni o‘z yerlariga yaqin joyda ushlab turmoqda
Gazoda 3 yildan so‘ng an’anaviy ta’lim qayta boshlanmoqda
Ispaniyada muhojirlar o'rtasida tartibsizliklar boshlandi
Isroil tarafdorlari mitingida Falastin bayrog‘i ochildi
Isroillik provokatorlar "Naza" rejissorining uyiga hujum qildi
Isroil harbiylari falastinlik o'smirga o'q uzdi
Isroil o'ldirgan 20 ming bolaning ismlari kafanga yozildi
Falastinlik rassomlar amerikalik rapchining suratini chizdi
Los-Anjelesda OAV vertolyoti halokatga uchradi