Nepalning Nuvakot tumanida 5-sentabr kuni suv toshqini oqibatida zarar ko‘rgan uydan 60 yoshli Chandika Shrestha tirik holda qutqarildi.
Qutqaruv xodimlari hududdagi kuchli yog‘ingarchiliklar sababli keksa ayolga 10 kundan so‘ng yetib bora oldi.
Qutqarilgan ayol vertolyotda Katmanduga olib ketildi va u yerda davolandi.
Suv toshqini oqibatida halok bo‘lganlar soni 1 375 nafarga yetgan, 5 531 kishi esa tabiiy ofatdan 10 kun o‘tishiga qaramay haligacha bedarak yo‘q.