Yangi Zelandiyada Bosh vazirga G‘azo bo‘yicha norozilik bildirildi
Yangi Zelandiyada Bosh vazirga G‘azo bo‘yicha norozilik bildirildi
Yangi Zelandiyada Bosh vaziri Kristofer Luksonga G‘azo bo‘yicha norozilik bildirildi.

«G‘azodagi genotsidni qo‘llab - quvvatlayapsiz. Holbuki, Isroilga nisbatan sanksiyalar joriy qilishingiz kerak edi». Falastin tarafdori bo‘lgan faol 19 - avgust kuni Kraystcherch shahrida Milliy partiya tomonidan tashkil etilgan jamoatchilik yig‘ilishida Yangi Zelandiyaning konservativ Bosh vaziri Kristofer Luksonga nutq so‘zlayotgan paytida xalaqit berdi. Videoni suratga olgan faol Uilyam Aleksandr TRT World kanaliga bergan intervyusida: «Biz yetkazmoqchi bo‘lgan xabar — Yangi Zelandiya hukumati Isroilning G‘azodagi genotsidiga sherik bo‘layotganidir» - dedi. Aleksandr mavzu haqida yana shunday dedi: «Ular Yangi Zelandiya hududidan, katta ehtimol bilan Isroil Mudofaa kuchlari tomonidan genotsidni amalga oshirish uchun foydalanilayotgan josuslik sun’iy yo‘ldoshlarini uchirishga ruxsat berishgan. Bu Aotearoa Falastin birdamlik tarmog‘i a’zolari yaqinda ularni sudga bergan masalalardan biridir».

Ko'proq videolar
Tailandlik tur operatori isroillik sayyohni do‘kondan haydab chiqardi
Isroillik ko‘chmanchi dehqonning eshagini sudrab ketdi
Isroil hujumida falastinlik ikki kishi yaralandi
Isroil bosh ravvini falastinliklarni inkor etdi
Petro: Isroil bilan aloqalarni tiklash — genotsidni olqishlash
Falastinlik keksa va nogiron bir kishiga hujum qilindi
Kriviy Rihdagi hujumda 15 kishi halok bo‘ldi
Jenin yaqinida falastinliklarga hujum qilindi
Ruminiya F-16 samolyotlari Qora dengizda uchuvchisiz dengiz apparatini yo‘q qildi
Kuchli bo‘rondan so‘ng Nyu-York ko‘chalarini suv bosdi