EOKA terror tashkiloti tarafdorlari, terror tashkilotining tashkil etilgan yilligini nishonlar ekan; Shimoliy Kipr Turk Respublikasida tinch aholiga qarshi hujum uyushtirdi. Tasvirlarda, poytaxt Lefkoshani ikki qismga ajratib turuvchi chegara hududiga yaqin bir parkda to‘plangan insonlarga qarshi Kiprning yunon qismining hujumchilari tomonidan tosh va portlovchi moddalar tashlanayotganini ko‘rish mumkin.
Hujum ham Kiprning yunon qismi, ham Birlashgan Millatlar Tashkiloti tinchlik kuchlari mas’uliyatidagi hududda sodir bo‘ldi. Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezident Tufan Erhurman, o‘tgan yili qo‘l urilgan hujumga o‘xshash hujumni aks ettirgan ushbu hujumni qoraladi.
