Teksasda venesuelalik muhojirga tan jarohati yetkazildi
DUNYO
Teksasda venesuelalik muhojirga tan jarohati yetkazildi
AQSh Immigratsiya va bojxona nazorati xizmati xodimi 28 yoshli venesuelalik muhojirga og'ir tan jarohati yetkazdi.

Guvohlar tomonidan olingan videoda 28 yoshli venesuelalik muhojir Wilber Rafael Garces Peres 20-sentabr kuni Teksas shtatining Ostin shahrida AQSh Immigratsiya va bojxona nazorati xizmati xodimining (ICE) o‘q uzishi natijasida mashinasi ichida yaralangani aks etgan.

Garces Peres shifoxonaga yotqizilgan, biroq uning advokati u otib tashlanganidan to‘rt soat o‘tib, tanasida hamon o‘q qolgan holda shifoxonadan chiqarilganini va so‘roq qilish uchun Pearsall shahridagi Janubiy Teksas ICE hibsxonasiga ko‘chirilganini bildirdi.

Advokatning iddia qilishicha, uning mijoziga og‘riqsizlantiruvchi dorilar berilmagan va u yerda yotishga majbur bo‘lgan. AQSh Milliy xavfsizlik departamenti (DHS) bayonotida Garces Peres AQShga «noqonuniy ravishda kirib kelgan» shaxs ekanini ta’kidladi.

Biroq uning advokati mijozining «boshpana so‘rash maqsadida sinov dasturi doirasida qonuniy ravishda kirgani va amaldagi ish ruxsatnomasiga ega ekanini» ma’lum qildi.

Ko'proq videolar
Fransuz dorboz Yevropaning eng baland tepaligidan yurib o'tdi
Chilida Chayten vulqoni otildi
Ko‘prikdan qulagan mashinadagi uch talaba halok bo‘ldi
Samolyot dvigateli parvozdan ko‘p o‘tmay alanga oldi
Rossiya Ukrainaning keng ko‘lamli dron hujumidan himoyalanmoqda
Singapur yaqinida ikki yuk kemasi to‘qnashgan lahza
Falastinlik bola noqonuniy ko‘chmanchilarga jasorat bilan qarshilik ko‘rsatmoqda
Germaniya politsiyasi Falastin tarafdorlari namoyishini shafqatsizlarcha tarqatdi
Erdo‘g‘an Turk uyi yaqinida Turkiya fuqarolari bilan uchrashdi
Prezident Erdo‘g‘anning BMT Bosh Assambleyasidagi eng muhim nutqlari