Rossiya dushanba kuni (04.05.2026) Kiyev bilan yakka tartibda tinchlik e'lon qildi. Bu holat Moskva tomonidan har yili Ikkinchi Jahon urushidagi g‘alaba nishonlangan 8 – 9 may kunlariga to‘g‘ri kelmoqda va Ukraina uni buzgudek bo‘lsa unda Kiyevga qarshi keng ko‘lamli raketa hujumi uyushtirilishi qayd etildi.
Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bu tinchlik taklifini ilk bor avvalgi hafta AQSh Prezidenti Donald Trump bilan telefon orqali bo‘lib o‘tgan suhbatida ifoda etgandi.
Ukraina o‘tgan hafta mazkur taklif haqida Vashingtondan batafsil ma'lumot olishini bildirgandi.
Rossiya Qurolli kuchlari davlat tomonidan qo‘llab - quvvatlangan MAX orqali yozma ravishda bergan bayonotda: «Rus Qurolli kuchlari Oliy Bosh qomondoni Vladimir Putin qaroriga muvofiq, 2026 - yilning 8 – 9 mayi kunlari tinchlik e'lon qilindi. Umid qilamizki, Ukraina tomoni ham bunga amal qiladi», - degan ifodalarga o‘rin berildi.
Vazirlik o‘z so‘zida shuningdek: «Agar Kiyev rejimi Ulug‘ vatan urushidagi g‘alabaning 81 - yilligini nishonlashni buzish bo‘yicha jinoyat tusdagi rejalar tuzgudek bo‘lsa, unda, Rossiya Qurolli kuchlari Kiyev markaziga javob tariqasida keng ko‘lamli raketa hujumi uyushtira boshlaydi. Biz Kiyevdagi tinch aholi bilan chet el diplomatik vakolatxonalari xodimlarini tezlik bilan shahardan chiqib ketish zarurligi haqida ogohlantiramiz», - dedi.
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bunga javob tariqasida, Ukraina 5 – 6 may kunlari Rossiya bilan o‘z otashkesimiga amal qilishini bildirdi.
Zelenskiy «X» ijtimoiy tarmoq orqali mavzu haqida: «Bugundan e’tiboran rus ijtimoiy tarmoqlarida iddao qilinganidek hujumlarning to‘xtatilishi tartibi bo‘yicha Ukrainaga rasmiy murojaat bo‘lmadi», - dedi.
Vladimir Zelenskiy: «Shu munosabat bilan, biz 5 – 6 may kuni kechasi soat 00:00 (21:00 GMT)dan boshlab tinchlik rejimini e’lon qilamiz. Qolgan vaqt ichida tinchlik o‘rnatilishi mumkin», - deya qo‘shimcha qildi.









