DUNYO
1 daqiqa o'qish
Luhanskdagi hujum ortidan o‘nlab konchi yer ostida qolib ketdi
Luhanskdagi Ukraina hujumi ortidan o‘nlab konchi yer ostida chorasiz qolib ketdi.
Luhanskdagi hujum ortidan o‘nlab konchi yer ostida qolib ketdi
_
7 соат олдин

Rossiya ishg‘oli ostidagi Luhansk viloyatida joylashgan Bilorichenska ko‘mir koniga qarshi uyushtirilgan Ukraina hujumi energiya transformatoriga ziyon yetkazib, 41 nafar konchining yer ostida qolib ketishiga sabab bo‘ldi.

Hududdagi Rossiya tomonidan qo‘llab - quvvatlanuvchi ma’muriyat vakili Leonid Pasechnik dushanba kuni (06.04.2026) bergan bayonotida, brigadalar elektr ta’minotini tiklash va konchilarni evakuatsiya qilish uchun ish olib borayotganini ma’lum qildi.

Pasechnik: “Tegishli xizmatlar konchilarni qutqarish uchun barcha zarur choralarni ko‘rmoqda” - dedi. U shuningdek, ishchilar bilan aloqa o‘rnatilgani va konchilarning ichimlik suviga kirish imkoniyati borligini o‘z so‘ziga ilova etdi.

Ushbu so‘nggi hodisa Ukrainaning sharqida kuchayib borayotgan janglar harbiy bo‘lmagan infratuzilmaga tobora katta xavf tug‘dirayotganidan yana bir bor xabar berdi.

Ukraina hujumlarida o‘sish

Ko‘mir koniga qarshi uyushtirilgan hujum, Ukraina tomonidan Rossiyaning Boltiq dengizidagi Primorsk porti hamda NORSI neftni qayta ishlash zavodiga berilgan zarba ortidan 24 soatdan keyin sodir bo‘ldi.

Ukraina so‘nggi bir oy ichida Rossiya nazoratidagi energetika infratuzilmasiga qarshi uyushtirilgan hujumlarini sezilarli darajada kuchaytirdi.