DUNYO
2 daqiqa o'qish
Venesueladagi voqeada halok bo'lganlar soni ortdi
Venesuelada yuz bergan yer silkinishlari oqibatida halok bo'lganlar soni 4 ming 118 nafarga yetdi.
Venesueladagi voqeada halok bo'lganlar soni ortdi
_

Milliy Majlis raisi Jorge Rodriguez Venesuelada yuz bergan yer silkinishlarida qurbon bo’lganlar soni 4 ming 118 nafarga yetgani, 16 ming 740 kishi jarohatlangani va minglab inson hanuzgacha o’z uy - joyida emasligi, boshqa joyda jon saqlayotganini ma’lum qildi.

Rodriguez juma kuni X ijtimoiy tarmoq orqali bergan bayonotida, falokat ortidan 86 ming 794 ta oila yordam olganini ma'lum qildi.

U 6 ming 462 kishi qutqarilgani, 856 ta bino shikastlangani va 190 tasi qulaganini ifoda etgan Rodriguez, rasmiylar 9 ming 766 metrik tonna oziq - ovqat va 13.9 million litrdan ortiq suv tarqatgani; shuningdek, 29 ming 966 nafar bemor tibbiy yordam olganini o’z so’ziga qo'shimcha qildi.

U 30 ming 76 nafar xodim va 29 ming 843 nafar ko'ngillilar yordam ishlari uchun safarbar etilgani, ularga 3 ming 454 nafar xalqaro qutqaruvchi ham yordam berayotganini bildirdi.

Ko'chirilganlar uchun jami 89 ta vaqtinchalik lager tashkil etilgan, rasmiylar esa dastlabki yer silkinishlaridan beri 1 ming 171 ta aftershok qayd etgan.

Keng ko'lamli vayronagarchilik

Joriy yilning 24 - iyuni kuni Venesuelada 39 soniya farq bilan 7.2 va 7.5 magnitudali ikki boshqa yer silkinishi qayd etildi.

Voqeaning ko’lami vayronagarchilikni keltirib chiqardi va bu holat milliy hamda xalqaro miqyosda yirik insonparvarlik yordamini talab qilish nuqtasiga olib keldi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti chorshanba kuni yer silkinishidan keyingi yordam ishlariga deyarli 300 million dollar atrofida yordam kerakligiga e’tibor qaratdi.

Venesuelaning vaqtinchalik prezidenti Delcy Rodriguez, tiklanishga yo'naltirilishi uchun chet elda muzlatilgan aktivlar chiqarilishini so'radi.

Chorshanba kuni u Qirol Charlz III dan Buyuk Britaniya sanksiyalari ostida muzlatilgan taxminan 30 tonna Venesuela oltinini ozod qilishni so'raganini ifoda etdi.