TURKIYA
4 daqiqa o'qish
Fidan: Netanyaxuning siyosati mintaqa va xalqaro xavfsizlik uchun yuk hamda tahdid
Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan: “Turkiya o‘z tarixiy tajribasi tufayli mintaqaviy nizolarda vositachilik qilish va ularni to‘xtatish borasida betakror mavqega ega. Biz hammani taniymiz, har bir mojaroning dinamikasini bilamiz”, dedi.
Fidan: Netanyaxuning siyosati mintaqa va xalqaro xavfsizlik uchun yuk hamda tahdid
Fidan Turkiyaning mintaqaviy nizolarda vositachilik qilishdagi o'ziga xos o'rnini ta'kidladi.

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Netanyaxu siyosati va uning hukumati nafaqat Isroil, balki butun mintaqa hamda xalqaro xavfsizlik uchun yuk ekanini aytdi.

Fidan juma kuni Abu-Dabida joylashgan The National gazetasiga bergan intervyusida shunday dedi:

“Netanyaxu hukumatining siyosati faqat biz uchun muammo emas. Uning siyosati va hukumati Isroil uchun yuk, mintaqa uchun yuk hamda xalqaro xavfsizlik uchun yuk va tahdid hisoblanadi.”

So‘nggi paytlarda kuzatilayotgan keskin bayonotlar Turkiya va Isroil o‘rtasida ochiq to‘qnashuvga olib kelishi mumkinmi, degan savolga Fidan:

“Bunday ochiq to‘qnashuvga olib keladigan sabab yo‘q”, deya javob berdi.

Fidan, shuningdek, Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anni “tinchlik va donolik egasi bo‘lgan yetakchi” deb ta’riflab, “u hech qanday tuzoqqa tushmaydi”, dedi.

Uning ta’kidlashicha, Yevropa yetakchilari Isroil xavfini anglay boshlagan, biroq bu muammoni qanday hal qilishni hali topa olmagan. Fidan Suriyadagi taraqqiyotni izdan chiqarishga qaratilgan urinishlar vaziyatni yanada murakkablashtirishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Fors ko‘rfazidagi urush sabab xalqaro e’tibor G‘azzodan boshqa tomonga burilganini aytgan Tashqi ishlar vaziri:

“Falastinliklarga ko‘proq insonparvarlik yordami yetkazilishi uchun xalqaro hamjamiyat Isroilga nisbatan bosimni kuchaytirishi kerak”, dedi.

Fidan Turkiyaning mintaqaviy nizolarda vositachilik qilish borasida o‘ziga xos mavqega ega ekanini ta’kidlab:

“Biz hammani taniymiz, har bir mojaroning dinamikasini bilamiz”, dedi.

Hakan Fidan barcha davlatlarning suvereniteti va hududiy yaxlitligi hurmat qilinadigan davrga qaytish zarurligini ta’kidlab, shunday dedi:

“Eron uzoq yillardan buyon boshqa davlatlarda (masalan, Iroqda) vakil kuchlarni qo‘llab-quvvatlash siyosatini, xuddi Isroilning xavfsizlikni bahona qilib mintaqaning qolgan qismini bosib olishi kabi, oldini oluvchi xavfsizlik siyosati sifatida izohlaydi. Agar biz mintaqadagi barcha tomonlarning xavfsizligi, osoyishtaligi, siyosiy suvereniteti va hududiy yaxlitligini kafolatlay oladigan yangi xavfsizlik konsepsiyasini ishlab chiqsak, bu yangi yondashuv Eronga shunday deyishi mumkin: ‘Mana, endi har birimiz o‘z hududimizga qaytishimiz mumkin.’”

Fidan yana shunday dedi:

“Inshoolloh, agar AQSh bilan Eron o‘rtasida tinchlik kelishuvi imzolansa, chinakam sog‘lom muzokaralarni boshlashimiz mumkin bo‘ladi.”

Turkiya Tashqi ishlar vaziri: Eron–AQSh o‘rtasidagi sulh davom etishi mumkin

Fidan AQSh Prezidenti Donald Trampning “hammasi tugadi” degan bayonotiga qaramay, Eron va AQSh o‘rtasidagi sulh davom etishiga ishonishini bildirdi.

“Menimcha, bo‘g‘oz orqali o‘tish tartibi borasida ikki tomon o‘rtasida aloqa yetishmasligi va tushunmovchilik yuzaga kelgan”, degan Fidan, payshanba kuni kechqurun eronlik hamkasbi Abbos Aroqchi bilan o‘tkazgan telefon suhbati unga “muammoning asl sababini yanada chuqurroq anglash imkonini berganini” aytdi.

Fidanning ta’kidlashicha, yechim — keskinlikni kamaytirishdir.

Tashqi ishlar vaziri har ikki tomon ham sulh va tinchlik kelishuvi yo‘lida oldinga siljishni chin dildan istayotganini aytib, quyidagicha baholadi:

“Shunga qaramay, har doim tasodifiy hodisalar xavfi mavjud. Aloqa xatolari, provokatsiyalar yoki javob zarbalari tufayli juda ehtiyotkor bo‘lishimiz kerak.”

Fidan Turkiya va AQSh o‘rtasida F-35 qiruvchi samolyotlari bo‘yicha olib borilayotgan muzokaralar haqidagi savolga javoban, “siyosiy iroda mavjudligini” tasdiqladi.

Uning aytishicha, sentyabr oyidagi uchrashuvda Tramp va Erdo‘g‘an “F-35 loyihasi oldidagi barcha to‘siqlarni bartaraf etishga qaror qilgan”.

“Shundan beri bu masala ustida ishlayapmiz va menimcha, juda yaqin orada yechimga erishamiz”, dedi vazir.

Fidan Turkiya ushbu jangovar samolyotlar uchun “besh-olti yil avval” to‘lovni amalga oshirganini va samolyotlar “Turkiya tomonidan qabul qilib olinishi uchun angarda kutib turganini” aytdi.

AQSh 2019-yilda, Donald Trampning birinchi prezidentlik davrida, Turkiyaning Rossiyadan S-400 havo mudofaa tizimini sotib olganiga e’tiroz bildirgan va Rossiya tizimi F-35 samolyotlariga xavf tug‘dirishini da’vo qilib, Turkiyaning F-35 dasturidagi ishtirokini to‘xtatgan edi.

Turkiya esa ikki tizim o‘rtasida hech qanday ziddiyat yo‘qligini bir necha bor ta’kidlab, masalani o‘rganish uchun qo‘shma komissiya tuzishni taklif qilgan. Anqara, shuningdek, F-35 bo‘yicha barcha majburiyatlarini bajarganini, ishtirokning to‘xtatilishi qoidalarga zid ekanini hamda ushbu samolyotlar nafaqat Turkiya, balki NATO mudofaasini ham kuchaytirishini qayd etgan.

Fidandan Turkiyaning S-400 tizimlarini Birlashgan Arab Amirliklariga topshirish ehtimoli haqida so‘ralganda, u shunday javob berdi:

“Bu davom etayotgan jarayon. Hukumat ichida muhokamalar va muzokaralar olib borilmoqda. Rossiya bilan ham sog‘lom muzokaralar o‘tkazilishi kerak. Hozircha biror davlatni, jarayonni yoki aniq yechimni tilga ololmayman. Chunki, aytganimdek, ikki prezident o‘rtasida siyosiy iroda mavjud. Shu sababli Rossiya ham muzokaralarning bir qismi bo‘lishi kerak. Zero, S-400 tizimlari aynan Rossiyadan xarid