DUNYO
2 daqiqa o'qish
Zelenskiy: Rusyada 8 ming nafardan ortiq Shimoliy Koreya askari bor
Zelenskiy Rossiya hududida 8 ming nafardan ortiq Shimoliy Koreya askari joylashtirilganini ma’lum qilib, yana 10 ming nafar harbiy xizmatchini yuborish uchun tayyorgarlik ishlari faol davom etayotganini qayd etdi.
Zelenskiy: Rusyada 8 ming nafardan ortiq Shimoliy Koreya askari bor
_

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya hududida 8 ming nafardan ortiq Shimoliy Koreya askari joylashtirilganini ma’lum qilib, yana 10 ming nafar harbiy xizmatchini yuborish uchun tayyorgarlik ishlari faol davom etayotganini qayd etdi.

Pxenyan va Moskva o‘rtasidagi harbiy integratsiyaga oid «yangi ma’lumotlar»ga tayanib, Zelenskiy qo‘shimcha Shimoliy Koreya qo‘shinlari «tayyorgarlikdan o‘tkazish va keyinchalik Rossiyaga yuborish uchun saralanganini» bildirdi.

Bu bayonot Ukraina rahbarining avgust oyida bergan va oxir - oqibat 50 ming nafargacha Shimoliy Koreya askari Rossiya armiyasi safida jang qilish uchun yuborilishi mumkinligi haqidagi ogohlantirishidan keyin qayd etildi. Mazkur ogohlantirish Kiyevni Janubiy Koreyadan havo mudofaasi bo‘yicha yordam ko‘rsatishni so‘rashga undagan edi.

Seul iyul oyida Ukrainaga 100 million dollarlik, o‘ldiruvchi xususiyatga ega bo‘lmagan vositalarni o‘z ichiga olgan yordam paketini taqdim etishni va’da qilgan edi.

Pxenyanning Rossiyaga harbiy ko‘magi

Zelenskiyning mazkur bayonotlari Ukraina kuchlari qo‘lga olgan ikki nafar Shimoliy Koreya askarini Janubiy Koreyaga olib o‘tgani haqida o‘tgan hafta jamoatchilikka ma’lum qilinishi ortidan Seul va Kiyev o‘rtasida yuzaga kelgan diplomatik keskinlikdan keyin qayd etildi.

Janubiy Koreya hukumati har ikki davlat mazkur transfer jarayonini sir saqlashga o‘zaro kelishib olganini bildirar ekan, ushbu ma’lumotning jamoatchilikka oshkor qilinganidan afsusda ekanini ma’lum qildi.

Ukraina bilan Janubiy Koreya razvedka idoralari tomonidan tayyorlangan baholashlarga ko‘ra Shimoliy Koreya 2024 - yildan beri Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyotlarini qo‘llab - quvvatlash maqsadida taxminan 14 ming nafardan 15 ming nafargacha askar yuborgan.