DUNYO
2 daqiqa o'qish
AQSh - Eron o‘rtaisdagi tinchlik muzokaralari Islombodda o‘z ishini boshladi
AQSh va Eron delegatsiyalari 1979 - yildan buyon ikki tomon o‘rtasidagi eng muhim yuqori darajadagi ikki tomonlama aloqalardan birini ifodalovchi muzokaralar uchun Islomobodga alohida - alohida yetib keldi.
AQSh - Eron o‘rtaisdagi tinchlik muzokaralari Islombodda o‘z ishini boshladi
_
10 соат олдин

Anadolu axborot agentligiga (AA) ma’lumot bergan rasmiy manbalarga kora ikki hafta davom etgan vaqtinchalik sulhdan so‘ng doimiy sulhga erishishni maqsad qilgan AQSh –Eron muzokaralarining ilk bosqichi Pokiston poytaxti Islomobodda boshlandi.

Manbalarning xabar berishicha shanba kuni (11.04.2026) har ikki delegatsiya ham poytaxtdagi besh yulduzli mehmonxonada, tomonlar ortasidagi bevosita muzokaralar oldidan zamin hozirlash maqsadida Pokiston rasmiylari bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazgan.

Manbalardan biri: “Delegatsiyalar qachon yuzma - yuz uchrashishini hozircha ayta olmaymiz. Hozirgi bosqichda ular Pokiston rasmiylari bilan muzokaralar olib bormoqda”, — dedi.

NewsNation ma’lumotiga ko‘ra AQSh Prezidenti Donald Tramp Eron bilan muzokaralar Islomobodda boshlanganini ma’lum qilib, Tehron yaqin kelajakda Hormuz bo‘g‘ozini ochishini bildirdi.

Tramp, shuningdek, agar muzokaralar kutilganidek o‘tmasa unda voqeaning boshiga qaytishlarini va bunga tayyor ekanliklarini ham ta’kidladi.

Yuqori xavf darajasiga ega ushbu muzokaralar “Islomobod muzokaralari” nomi bilan atalmoqda va ular kunning erta soatlarida Eron hamda AQSh delegatsiyalarining Pokiston Bosh vaziri Shohboz Sharif bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazishi otidan boshlangan.

AQSh va Eron delegatsiyalari 1979 - yildan buyon ikki tomon o‘rtasidagi eng muhim yuqori darajadagi ikki tomonlama aloqalardan birini ifodalovchi muzokaralar uchun Islomobodga alohida - alohida yetib keldi.

AQSh delegatsiyasiga vitse - prezident JD Vens boshchilik qilmoqda. Delegatsiya tarkibida maxsus vakillar Stiv Vitkoff va Jared Kushner ham bor.

Eron delegatsiyasiga esa parlament raisi Muhammad Bakir Galibof rahbarlik qilmoqda. Delegatsiya tarkibida Tashqi Ishlar vaziri Abbos Aroqchi hamda Milliy Xavfsizlik kengashi raisi orinbosari Ali Bagheri Kani kabi rasmiylar ham ishtirok etmoqda.

Norasmiy ma’lumotlarga kora muzokaralarda Pokiston nomidan Tashqi Ishlar vaziri Ishoq Dar ishtirok etmoqda. Unga Quruqlik qoshinlari qomondoni Asim Munir hamda Ichki Ishlar vaziri Mohsin Naqvi hamrohlik qilmoqda.