DUNYO
1 daqiqa o'qish
Kamol Xaraziy terrorchilik hujumi oqibatida vafot etdi
Eronlik diplomat Kamol Xaraziy, AQSH-Isroil terror hujumidan so'ng vafot etdi. Mehr va Isna axborot agentliklari vafot etganini xabar qildi.
Kamol Xaraziy terrorchilik hujumi oqibatida vafot etdi
Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, Kamal Xarazining rafiqasi ham AQSh-Isroil hujumida halok bo‘lgan. (ARXIV) / AFP
3 соат олдин

Eronlik diplomat Kamol Xaraziy, AQSH-Isroil terror hujumidan so'ng vafot etdi. Mehr va Isna axborot agentliklari vafot xabarini shunday e'lon qildi: "Bir necha kun oldin Amerika-Sionistik dushman tomonidan amalga oshirilgan terrorchilik hujumida yaralangan sobiq Eron Tashqi ishlar vaziri, bugun kechasi shahid bo'ldi".

 

Eron OAVlarining xabar berishicha, sobiq Tashqi ishlar vaziri Kamol Xaraziy 1-aprel kuni AQSH-Isroil hujumlarida olgan jarohatlari tufayli hayotdan ko'z yumdi. 81 yoshli Xaraziy Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Tashqi aloqalar strategik kengashiga rahbarlik qilayotgan edi.

Mehr va Isna agentliklari Telegram’da: "Bir necha kun oldin Amerika-Sionistik dushman tomonidan amalga oshirilgan terrorchilik hujumida yaralangan tajribali diplomat, bugun kechasi shahid bo'ldi", deb ma'lum qildi. Xaraziyning Tehrondagi uyiga uyushtirilgan hujumda uning turmush o'rtog'i ham o'ldirilgani xabar qilinmoqda.


Eronning Nyu-Yorkdagi Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi vakili bo'lgan Xaraziy, keyinchalik 1997-yildan 2005-yilgacha o'sha paytdagi Eron prezidenti Muhammad Xatamiy hukumatida tashqi ishlar vaziri bo'lib ishlagan.

28-fevraldan beri AQSH-Isroil hujumlarida diniy rahbar Ali Xamenei va bir qator yuqori martabali harbiy hamda siyosiy arboblar suiqasd qurboni bo'ldi.