Rossiya Tashqi Ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi Mariya Zaxarova Latviya, Litva va Estoniya havo hududlarini Ukraina dronlari uchun ochish haqidagi qaror borasidagi ogohlantirishlarga e’tibor bermasa, Moskva bunga javob qaytarishini ma’lum qildi.
Rossiyaning davlat axborot agentligi TASS xabariga ko‘ra Zaxarova dushanba kuni mavzu haqida bergan bayonotida, Boltiqbo‘yi davlatlari ogohlantirilganini ta’kidladi. U mavzu haqida shuningdek: «Agar bu mamlakatlarning rejimlari yetarlicha sog‘lom fikrga ega bo‘lsa unda bunga quloq soladilar. Aks holda munosabatlariga yarasha javob oladilar» - dedi.
Mart oyining boshlarida Latviya Mudofaa vazirligi Rossiyaning: «Boltiqbo‘yi davlatlari o‘z hududlaridan Ukrainaning Rossiyaga qarshi hujumlari uchun foydalanishga ruxsat bermoqda» degan ifodalari ortidan Latviya, Litva va Estoniyaga qarshi keng ko‘lamli va muvofiqlashtirilgan axborot amaliyotlari olib borayotganini ma’lum qilgan edi.
Vazirlik, shuningdek, «Latviya ham, Litva ham, Estoniya ham Ukrainaning Rossiyaga qarshi qarshi hujumlarini rejalashtirish yoki amalga oshirishda ishtirok etmaganini» o‘z sovziga ilova etdi.
Vazirlikka ko‘ra: «Rossiyaning Boltiqbo‘yi davlatlariga qarshi axborot amaliyotlari o‘tkazishdan maqsad — NATO’ni obro‘sizlantirish, jamiyatni bo‘lish, davlat institutlariga bo‘lgan ishonchni kamaytirish va Ukrainaga berilayotgan yordamni zaiflashtirishdir».
Bayonotda yana aytilishicha, bu sa’y - harakatlar dezinformatsiya va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish orqali rus tilida so‘zlashuvchi muhitlarni nishonga oladi hamda yoshlarni ekspluatatsiya qiladi.















