G'AZODA URUSH
1 daqiqa o'qish
Yahudiy ko‘chmanchilar falastinlik yana o‘n kishiga jarohat yetkazdi
Ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohilda yahudiy ko‘chmanchilar falastinlik yana o‘n kishiga jarohat yetkazdi.
Yahudiy ko‘chmanchilar falastinlik yana o‘n kishiga jarohat yetkazdi
_
7 соат олдин

Mahalliy manbalarga ko‘ra dushanba kuni (06.04.2026) erta tongda ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohilda, Nablus janubidagi ikki qishloqqa qarshi yahudiy ko‘chmanchilar tomonidan uyushtirilgan hujumlarda falastinlik kamida 10 kishi tan jarohati oldi.

Lubban qishlog‘i kengashi raisi Yaqub Uvaysning aytishicha ko‘chmanchilar bir badaviy jamoasiga bostirib kirib, aholi vakillariga qarshi hujum uyushtirgan va oqibatida jami 10 kishi tan jarohati olar ekan ulardan ikki nafari shifoxonaga yotqizilgan. Hujum davomida uylar va avtomobillarga o‘t qo‘yilgan; taxminan 10 ta avtomobil yonib ketgan, ikki uy ziyon ko‘rgan va bir uy butunlay vayron qilingan.

Yong‘inlar va to‘qnashuvlar kengaymoqda

Boshqa bir voqeada esa isroillik ko‘chmanchilar Kusra shaharchasiga kirib, falastinliklarga tegishli bir avtomobilni yoqib yuborgan. Voqea ortidan esa mahalla aholisi bilan to‘qnashuv yuzaga kelgan. Faollardan Abduldoyim al - Vadiy o‘nlab yoshlar qarshilik ko‘rsatib, hujumchilarni chekinishga majbur qilganini ifoda etdi.

Mazkur zo‘ravonlik holatlari 2023 - yilning oktabr oyidan buyon ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohil bo‘ylab kuchayib borayotgan; qotillik, jarohatlash, hibsga olish va majburiy ko‘chirish bilan ifoda etiluvchi keng ko‘lamli ko‘chmanchilar hujumlarining bir qismi sifatida baholanmoqda.

Falastinlik rasmiylarning ma’lumotlariga ko‘ra keskinlik kuchaygan ushbu davrda 1 ming 140 dan ortiq kishi halok bo‘lgan, qariyb 11 ming 750 kishi yaralangan va taxminan 22 ming kishi hibsga olingan.