Davlat axborot agentligi Xinhua xabariga ko‘ra, hodisa dushanba kuni tushdan keyin Hunan viloyatining Changsha shahridagi zavodda sodir bo‘lgan.
Voqea joyiga qariyb 500 nafar qutqaruv xodimi jalb etildi, xavf ostidagi hududlarda esa aholi evakuatsiya qilindi. Hozirda portlash sabablari o‘rganilmoqda.
Xitoy rahbari Xi Jinping mutasaddilarga hodisani har tomonlama tekshirish, yo‘qolganlarni qidirish va yaradorlarni qutqarish bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘rish topshirig‘ini berdi. Shuningdek, u bunday holatlarning oldini olish uchun qo‘shimcha xavfsizlik choralarini kuchaytirishni talab qildi.
Xitoyda sanoat, jumladan pirotexnika sohasida baxtsiz hodisalar tez-tez uchrab turadi. O‘tgan yili Hunan viloyatidagi yana bir zavod portlashida 9 kishi halok bo‘lgan. 2023 yilda esa Tianjin shahrida sodir bo‘lgan portlashlarda 3 kishi hayotdan ko‘z yumgan. Joriy yil fevral oyida Hubei va Jiangsu viloyatlaridagi pirotexnika do‘konlarida yuz bergan portlashlarda esa mos ravishda 12 va 8 kishi halok bo‘lgan.









