DUNYO
2 daqiqa o'qish
AQSh bilan Isroil Eronning neftni qayta ishlash majmuasiga zarba berdi
AQSh bilan Isroil Eronning eng yirik neftni qayta ishlash majmuasiga qarshi hujum uyushtirib, unga katta zarba berdi.
AQSh bilan Isroil Eronning neftni qayta ishlash majmuasiga zarba berdi
_
5 соат олдин

Eron OAVlarida tarqalgan xabarlarga ko‘ra AQSh – Isroil qo‘shma hujumi janubi - g‘arbdagi energetika markazi Asaluye shahrida joylashgan South Pars neft - kimyo majmuasini nishonga olgan.

Fars axborot agentligi hujumdan so‘ng dushanba kuni korxonada portlashlar yuz berganini ma’lum qildi.

Yarim rasmiy Mehr axborot agentligi esa Asaluyedagi neft - kimyo obyektlari, jumladan Jam va Demavand zavodlari ham hujumlarga uchraganini bildirdi.

Isroil mudofaa vaziri Israel Katz, armiya, Eronning eng yirik neft - kimyo majmuasi deb ta’riflangan obyektga zarba berganini tasdiqladi.

Katz, Yedioth Ahronoth gazetasiga bergan bayonotida: “Isroil hozirgina Asaluyedagi Eronning eng yirik neft - kimyo majmuasini nishonga oldi”, - dedi.

Uning ta’kidlashicha, nishonga olingan obyektlar Eron neft - kimyo eksportining qariyb 85 foizini tashkil etadi ammo bugungi kunda faoliyat yuritmayapti.

Mahalliy eronlik amaldor esa Isroil shanba kuni janubi - g‘arbdagi Xuziston viloyatida joylashgan Mahshahr neft - kimyo maxsus hududiga qarshi shunga o‘xshash hujum uyushtirib, besh kishining halok bo‘lganini ma’lum qildi.

Isroil, shuningdek, o‘tgan oy Asaluyedagi Janubiy Pars maxsus iqtisodiy hududidagi gaz obyektlariga ham hujum qilgandi.

Dunyodagi eng yirik tabiiy gaz zaxiralaridan biri hisoblangan Janubiy Pars / Shimoliy Gumbaz mega koni Eron va Qatar o‘rtasida bo‘lingan.

AQSh Prezidenti Donald Tramp o‘tgan oy Janubiy Pars gaz koniga qarshi uyushtirigan hujumdan AQSh boxabar ekanini ifoda etar, Tel - Aviv bunday hujum uyushtirmasligini qayd etgan edi.

So‘nggi kunlarda Isroil Eron bilan davom etayotgan urush doirasida muhim sanoat tarmoqlarini nishonga olmoqda.

Juma kuni Netanyaxu Isroil zarbalari Eronning po‘lat ishlab chiqarish quvvatining taxminan 70 foizini yo‘q qilgani va Tehronning qurol ishlab chiqarish imkoniyatini sezilarli darajada zaiflashtirganini bildirdi.

Po‘lat — raketalar, udronlar bilan kemalar kabi sanoat hamda harbiy ishlab chiqarishda strategik ahamiyatga ega material hisoblanadi.

Katz esa Netanyaxu bilan birgalikda armiyaga “Eronning milliy infratuzilmasini to‘liq kuch bilan nishonga olishni davom ettirish” buyrug‘ini berganliklarini ma’lum qildi.