DUNYO
1 daqiqa o'qish
Isroil armiyasi Qunaytrada nazorat posti o'rnatdi
Isroil armiyasi yana bosqin uyushtirdi va Suriyaning Qunaytra viloyatida nazorat posti o'rnatdi.
Isroil armiyasi Qunaytrada nazorat posti o'rnatdi
_

Isroil armiyasi shanba kuni Suriyaning janubi - g'arbida joylashgan Qunaytra viloyatidagi al - Samdaniyah qishlog'i atrofiga bostirib kirib, yo'lovchilarni tekshirish uchun vaqtincha nazorat punkti o'rnatdi.

Suriya Arab axborot agentligi (SANA) xabariga ko'ra uchta harbiy texnikadan iborat Isroil kuchlari hududni tark etishdan oldin o‘tayotganlarni qidirib tekshirgan.

Yana SANA xabar qilishicha yarim tundan keyin yuz bergan boshqa bir hodisada esa 15 nafardan ortiq harbiy texnika ishtirokidagi Isroil kuchlari Qunaytra janubidagi al - Asha qishlog'iga kirib borib, bir uy va chorvachilik yemi omborini tekshirgan va keyin qaytib ketgan.

Xabar qilingan bostirib kirishlar bo'yicha Isroil harbiylari tomonidan hali hanuz izoh berilmadi.

2024 - yilning 8 - dekabri kuni Bashar al - Assad rejimi qulaganidan so'ng, Isroil Suriyaga nisbatan 1974 - yildagi ajralish (disengagement) kelishuvini bekor qildi va BMT nazoratidagi tampon zonaga kirib bordi. Suriya yangi ma'muriyati ushbu kelishuvga rioya qilishini bir necha marotaba tasdiqlab kelmoqda.

Suriya yangi rahbariyatining bevosita tahdidlari yo'qligiga qaramay Isroil Suriyada havo zarbalari va yer operatsiyalarini davom ettirib kelmoqda, bu esa tinch aholi qurbonlari va harbiy infratuzilmaga zarar yetishiga sabab bo'ldi.