DUNYO
1 daqiqa o'qish
Ukraina BMT Xavfsizlik kengashini shoshilinch yig‘ilishga chaqirdi
Ukraina tashqi ishlar vaziri Andriy Sibiga Rossiya armiyasining so‘nggi kunlarda mamlakatiga uyushtirgan hujumlarida 78 nafar tinch aholi halok bo‘lganini bildirdi
Ukraina BMT Xavfsizlik kengashini shoshilinch yig‘ilishga chaqirdi
Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrii Sybiha

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashini ushbu masala yuzasidan shoshilinch yig‘ilishga chaqirishni so‘raganlarini ma’lum qildi.

Sibiga ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Ukraina so‘nggi kunlarda kuchli havo hujumlariga duch kelayotganiga e’tibor qaratib, “Ukraina Rossiyaning yangi terror to‘lqiniga javoban BMT Xavfsizlik kengashini yig‘ilishga chaqirishni talab qildi”, dedi.

Rossiya armiyasi 7-oktabrda Priluki shahriga hujum uyushtirganini, kecha esa Kramatorskda ikkita yo‘lovchi avtobusini nishonga olganini qayd etgan Sibiga, poytaxt Kiyevga ham hujumlar qilinganini bildirdi. U ushbu hujumlar oqibatida so‘nggi kunlarda 78 kishi halok bo‘lganini va 215 kishi yaralanganini ma’lum qildi.

“Jang maydonida hech qanday natijaga erisha olmagan harbiy jinoyatchi — Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaning tinch aholisiga qarshi terrorni kuchaytirmoqda”, dedi Sibiga.

Rossiyaning BMTdagi doimiy vakolatxonasi “noqonuniy” ekanini ta’kidlagan Sibiga, “Xalqaro hamjamiyat BMT Nizomi tamoyillariga sodiq qolishi va Rossiyaning harakatlariga aniq hamda munosib javob berilishini ta’minlashi kerak”, degan fikrni bildirdi.