SIYOSAT
1 daqiqa o'qish
Pashinyan Turkiya va Ozarbayjon bilan energetika sohasidagi hamkorlikni kengaytirishni taklif qildi
Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan mintaqaviy integratsiyani kuchaytirish doirasida Turkiya va Ozarbayjon bilan energetika sohasidagi hamkorlikni kengaytirishni taklif qildi.
Pashinyan Turkiya va Ozarbayjon bilan energetika sohasidagi hamkorlikni kengaytirishni taklif qildi
Armaniston bosh vaziri Pashinyan va Yevropa Komissiyasi prezidenti fon der Lyayen Yerevanda uchrashmoqda. / Foto: Reuters.

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan mintaqaviy integratsiyani kuchaytirish doirasida Turkiya va Ozarbayjon bilan energetika sohasidagi hamkorlikni kengaytirishni taklif qildi. Uning ta’kidlashicha, qo‘shni davlatlar bilan elektr uzatish liniyalarini rivojlantirish energiya xavfsizligini ta’minlash va “yashil energiya”ga o‘tish jarayonini jadallashtirishga xizmat qiladi.

Bu haqda Pashinyan Yevropa Komissiyasi raisi Ursula fon der Leyen bilan Yerevanda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi. Bosh vazir Armaniston Qora dengiz osti elektr kabeli loyihasida ishtirok etishdan manfaatdor ekanini bildirdi.

Armaniston hukumati rahbari Yevropa Ittifoqini mamlakatning asosiy hamkorlaridan biri deb atab, iqtisodiyot va eksport bozorini diversifikatsiya qilish muhimligini urg‘uladi. U Bryussel tomonidan ajratilgan 61 million dollarlik byudjet yordami uchun minnatdorlik bildirib, Armanistonning Yevropa bilan yaqinlashuvi ortga qaytmas jarayon ekanini ta’kidladi.

Pashinyan, shuningdek, Armaniston 2029-yilga qadar Yevropa Ittifoqi bilan vizasiz rejim o‘rnatishiga umid qilayotganini va bu borada ichki islohotlar davom etishini ma’lum qildi.

Rossiya bilan munosabatlarga to‘xtalar ekan, Bosh vazir yaqinda Rossiya hukumati rahbari Mixail Mishustin bilan telefon orqali muloqot qilganini va yaqin kelajakda ikki tomonlama hamkorlik masalalari bo‘yicha batafsil muzokaralar o‘tkazishga kelishib olganini eslatib o‘tdi.