TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Erdo‘g‘an: Ming yillik tariximiz adolat va rahm - shafqatga asoslangan
Prezident Erdo‘g‘an, Vazirlar kengashi yig‘ilishi ortidan xalqqa murojaat qildi.
Erdo‘g‘an: Ming yillik tariximiz adolat va rahm - shafqatga asoslangan
_

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, Prezidentlik saroyida bo‘lib o‘tgan Vazirlar kengashi yig‘ilishi ortidan xalqqa murojaat qildi.

Erdo‘g‘an o‘z nutqida shunday dedi: «Biz buyuk tarixga, yuksak vijdonga ega bo‘lgan xalqning farzandlarimiz. Asrlar davomida yiqilganning qo‘lidan tutdik, mushkul ahvolga tushganlarning yordamiga shoshildik. Mamlakatimizga boshpana izlab kelganlarga eshiklarimizni ochdik».

Shuningdek, u Isroil hukumatini tanqid qilib, quyidagi fikrlarni bildirdi: «Qo‘llari, ko‘pchiligi yosh bolalar va ayollardan iborat bo‘lgan 73 ming nafar begunoh g‘azolikning qoni bilan bulg‘angan jinoyatchilar to‘dasining mamlakatimiz haqidagi bo‘htonlariga zarracha ham e’tibor bermaymiz. Bizning tariximizda na genotsid, na qirg‘in, na zulm va na mustamlakachilik bo‘lgan. Ming yillik shonli tariximizda faqat adolat va mehr - shafqat mavjud. Dini, kelib chiqishi yoki kim ekanidan qat’iy nazar barcha mazlumlarga yordam qo‘lini cho‘zish an’anasi bor. Inkvizitsiya va natsistlar zulmidan qochganlarga boshpana bergan olijanoblik bor. - Taxtimni ham beraman, tojimni ham beraman ammo davlatimga panoh topib kelganlarni topshirmayman - degan qahramon ajdodlarimizning mardona va oriyatli pozitsiyasi bor. Buni, agar o‘z tarixlariga nazar tashlasalar, G‘azodagi vahshiyliklarini yashirish uchun Turkiya va turk xalqiga bo‘hton qilayotganlar juda yaxshi biladilar».