9 соат олдин
Nyu – Jersidagi Pier Villij hududida yashovchilar 11 - aprel kuni bitta Amerika bayrog‘i yonida bir nechta Isroil bayrog‘i hilpirayotganini ko‘rib, hayratlarini bildirdi hamda o‘zlarini qayerda ekanliklari; boshqacha qilib aytganda o‘zlariga - o‘zlari Nyu - Jersidamizmi yoki Tel - Avivda degan savol berdi.
Hududda Isroil bayroqlari 2025 - yilning boshidan beri osib qo‘yilgan. Ayrim mahalliy aholi Isroil bayroqlari son jihatidan AQSh bayroqlaridan ko‘p bo‘lishiga qarshi chiqib, ularni olib tashlash uchun ariza berdi. Hudud majburiy davlat ehtiyoji uchun olib qo‘yish yo‘li bilan qurilgani va shu sababli u yarim jamoat maydoni sifatida baholanishi kerakligi ta’kidlandi.
