Isroil kuchlari tomonidan vayron qilingan uylarning qoldiqlari orasida G‘azodagi falastinlik bolalar zanglagan metall bo‘lagini sirpanchiq sifatida ishlatishmoqda.
BMT va UNICEF ma’lumotlariga ko‘ra 2023 - yilning oktabr oyidan beri Isroilning G‘azoga qarshi uyushtirgan hujumlarida 20 ming nafardan ortiq falastinlik bola halok bo‘lgan.
O‘yingohlar va bolalar uchun mo‘ljallangan maskanlarning aksariyati vayron qilinganligi sababli, falastinlik bolalar xarobalar orasida ulg‘aymoqda.