So‘nggi oylarda ko‘plab Osiyo mamlakatlari shu jumladan Tailand, Vetnam va Indoneziya yosh isroillik sayyohlarning hurmatsiz xatti - harakatlaridan shikoyat qila boshladi.
Har yili minglab yosh isroillik sayohatchilar harbiy xizmatlarini tugatgach, «Humus yo‘li» deb nomlangan yo‘nalish bo‘ylab sayohat qilmoqda.
Ammo Hind Rajab jamg‘armasi so‘nggi oylarda qamal ostidagi G‘azoda sodir etilgan urush jinoyatlariga oid dalillarni to‘plagach, ushbu ryukzakli sayohatchilarning ayrimlarini hibsga olish uchun faol harakat qilayotganini ma’lum qildi.
«Viet for Palestine» tashkiloti a’zosi Ashley Bao Ngok TRTga bergan intervyusida: «Mahalliy aholi, bu dahshatli xatti - harakatlar ishg‘ol ostidagi Falastinda sodir etilgan urush jinoyatlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lishi mumkinligini anglay boshladi» — dedi.
«Viet for Palestine» — Vetnamda Falastin masalasini qo‘llab - quvvatlash va jamoatchilikni xabardor qilishga bag‘ishlangan xalq tashabbusi asosida tuzilgan tashkilotdir.