Isg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohilda, Ramallohning g‘arbidagi Baytillu qishlog‘ining Ayn al-Zarqa hududida uyushtirilgan bosqin chog‘ida falastinlik yosh yigit qurollangan noqonuniy isroillik ko‘chmanchilarga qarshilik ko’rsatdi. Qurol bilan o‘q uzish tahdidlariga qaramay ortga chekinishni rad etgan qurolsiz yigit qo‘lida qurol ushlab turgan bir ko‘chmanchiga ro‘baro‘ bo‘lib, ulardan hududni tark etishni talab qildi.
Odatda Isroil armiyasidan yordam olgan ko‘chmanchilar qishloqning tabiiy dam olish maskanida joylashgan mahalliy yerlar va suv manbalarini egallab olishga urinayotgan edi.